Deputat tashabbusi bilan yangi maktabgacha ta’lim dargohi qurildi

 

Norin tumani “Soybuyi” mahallasidagi 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bundan qariyb 70 yil avval qurilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ancha eskirib, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan edi.

Mazkur masala yuzasidan mahalla faollari deputatimiz R.To‘ychiyevga murojaat qilib, yangi maktabgacha ta’lim dargohiga ehtiyoj borligini bildirishgan edi.

Deputatimiz tashabbusi bilan yangi muassasa qurish rejasi 2025-yilgi Davlat dasturidan o‘rin olib, qo‘rilish ishlar boshlab yuborilgan edi. Natijada qisqa muddat ichida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi bino barpo etildi.

Tantanali ochilish marosimida mahalliy kengash deputatlari, Norin tumani hokimi, tuman mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish