18-maktabga oshxona va faollar zali qurib beriladimi?

 

Jondor tumani Kengashidagi deputatimiz H.Karayeva "Yangiobod" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida mahalla faollari hududdagi 18-maktabning oshxona va faollar zali yo‘qligi aytilib, bu masalada deputatdan yordam so‘rashdi.

Deputat masalani joyiga chiqib o‘rganganda muassasada oshxona va faollar zali yo‘qligiga, shuningdek, o‘quvchilarning ovqatlanishi va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun hech qanday sharoit yaratilmaganiga amin bo‘ldi.

Xalq vakili yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman hokimi o‘rinbosari X.Bafoyev va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Toyirovlar nomiga deputat so‘rovi yubordi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish