Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Shu sababdan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi hamda Guliston davlat pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida talaba-yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash, shuningdek, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bunday muloqotlar ikki tomon o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.