Farg‘ona yoshlari bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi
Partiyamiz Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyat yoshlari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri tashkil etildi.
Mazkur turnir yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga ilhomlantirishga qaratildi.
Do‘stona va samimiy muhitda o‘tgan bellashuvda g‘oliblikni Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Farg‘ona davlat texnika universiteti qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shohsupaning 3-pog‘onasiga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jamoasi ko‘tarildi.
Musobaqalar yakunida 30 nafar faol yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.