Partiyamiz Jizzax viloyat kengashi tomonidan viloyatdagi ko‘p tarmoqli tibbiyot va tibbiy diagnostika markazlari, bolalar tibbiyot markazlarining tibbiy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganmoqda.
Ishchi guruh Jizzax shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Paxtakor tuman tibbiyot birlashmalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining zamonaviy diagnostik va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud tibbiy uskunalarning texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi, farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, elektron navbat va raqamli tibbiyot tizimlari joriy etilganlik holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va qulayliklari o‘rganib chiqildi.
Birlashmalarda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.