Toshkent viloyatidagi tez yordam bo‘limi zamonaviy avtomobilga muhtoj
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi deputatimiz Muhsiddin Nizomiddinov Parkent tumani Nomdanak qishlog‘ida joylashgan birlamchi tibbiy yordam muassasasida o‘rganish olib borgan.
O‘rganish davomida mazkur muassasaning tez yordam bo‘limida 2017-yilda ishlab chiqarilgan 1 dona “Damas” rusumli avtomobil xizmat ko‘rsatishi aniqlandi. Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, ushbu transport vositasi bugungi kun zamonaviy tez tibbiy yordam ko‘rsatish talablariga va xavfsizlik standartlariga to‘liq javob bermaydi.
Shundan kelib chiqib, deputatimiz Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Doniyor Buribayevdan tibbiyot birlashmasini yangi avtomashina bilan ta’minlashini so‘rab deputatlik so‘rovi jo‘natdi.