Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari I.Tokareva, Z.Shadiyeva va J. Achilovlar ishtirokida partiyaning faol xotin-qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida quyidagi aniq masalalar ko‘tarildi:
– tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini kuchaytirish;
– himoya orderi berish amaliyotini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish;
– jabrlangan ayollarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini mustahkamlash;
– reabilitatsiya va jamiyatga moslashtirish jarayonlarida davlat va jamoat tuzilmalari hamkorligini kengaytirish;
– xotin-qizlarning huquqiy ongi va siyosiy faolligini oshirish.
Deputatlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirish berildi hamda takliflar parlament nazoratiga olinishi ta’kidlandi.
Ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish – davlat siyosatining markazida ekanligi ta’kidlanli.