Har bir murojaat manzilli o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashidagi deputatimiz Zarifa Mengnorova “Qorliq” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan hududda o‘rganish olib bordi.

Aholi vakillari asosan mahalladagi yo‘llar bo‘yicha murojaat qilishdi. Mazkur mahalladagi aholi yashash hududi hamda maktabga olib boruvchi yo‘lning holati yomonligi aytilib, transport vositalarining harakati uchun noqulaylik tug‘dirishi ma’lum qilindi.

Murojaat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va qator kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Deputat aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish