Oqqo‘rg‘on tumanida “Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi

 

O‘zbekiston XDP Oqqo‘rg‘on tuman kengashi raisi M.Yuldasheva, tuman Kengashi deputati A.Inomov tomonidan Usta Normat mahallasida sayyor qabul va o‘rganishlar o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal soha, moddiy yordam va tadbirkorlik ishini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish masalalari bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Xususan, Dehqonobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi F.Umarovning xonadonida elektr tarmog‘i nosozligi yuzasidan bergan murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilot xodimlari jalb etilgan holda, joyida nosozlik bartaraf qilindi.

Shuningdek, Ya.Xo‘jayev ko‘chasi 59-62-ko‘p qavatli uylarida yashovchilari tomonidan hududda sport maydoni yo‘qligi bo‘yicha murojaatlariga asosan mutasaddi tashkilot rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish