Mahallalardagi muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Mahallalardagi muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

 

Partiyamiz Tuproqqal’a tuman kengashi tomonidan “Navbahor” mahallasida “Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi doirasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda mahalladagi dolzarb muammo va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, fuqarolar tomonidan 7-sonli bolalar bog‘chasiga olib boruvchi yo‘l ta’mirga muhtoj ekani, ichki ko‘chalarga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatish zarurligi, shuningdek, “Mustaqillik” va “Xorazm” ko‘chalarida joylashgan chiqindi yig‘ish joyi atrofiga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Mas’ullarimiz barcha murojaatlarni o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishini ma’lum qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish