Deputatlar mahallalarda muloqotlar o‘tkazmoqda
Deputatlar mahallalarda muloqotlar o‘tkazmoqda

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi deputatimiz M.Sayfiddinova hamda Quva tuman Kengashidagi deputatimiz D.Sodiqovalar hududlarga chiqib aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etdi.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Quva tumanidagi “Iftixor” mahallasida tashkil etildi. Muloqot davomida mahalla ahli hududda mavjud muammo va kamchiliklar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, mahallar infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ba’zi oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Deputatlar har bir murojaat bo‘yicha alohida yechimlar izlashga, mas’ullar bilan hamkorlikda muammolarni samarali hal etishga va’da berishdi.

Aholi vakillari bilan o‘tkaziladigan bunday ochiq muloqotlar mahallalardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda mavjud vaziyatni baholashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish