Deputatimiz tashabbusi bilan Yangiobodda elektr ta’minoti yaxshilandi

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi deputatimiz Muqimjon Dehqonovga Uchko‘prik tumanining “Yangiobod” mahallasi fuqarolaridan murojaat bo‘lgan edi. Unda hududda aholi soni oshgani sababli elektr bilan ta’minlashda muammolar bo‘layotgani aytilib, yangi transformator o‘rnatishda yordam so‘ralgan.

Deputat mahalla raisi N.Mamatov bilan birgalikda homiylar topildi va “Yangiobod” mahallasining “To‘qaytepa” qishlog‘i hududiga quvvati 400 kVt bo‘lgan zamonaviy transformator o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi transformatorning ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 150 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti sifati yaxshilandi. Bu aholining kundalik hayotida qulayliklar yaratib, elektr energiyasidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish