Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash holati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashidagi Oʻzbekiston XDP deputatlik guruhi aʼzolari hamda partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari raislari tomonidan ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar hamda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni arzon uy-joy bilan taʼminlash holati oʻrganildi.

Oʻrganishlar jarayonida uy-joy bilan ta’minlangan fuqarolar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ijtimoiy va iqtisodiy komplekslar kesimida tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, homiylar va jamg‘armalar mablagʻlari orqali 2025-yil davomida viloyatda 91 nafar xotin-qiz uy-joy bilan taʼminlangan.

Deputatlar Qoʻshtepa, Toshloq, Dangʻara tumanlari va Quvasoy shahrida ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar hamda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda oʻrganib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish