Yana bir murojaat yechimini topdi
Partiyamiz Jarqo‘rg’on tuman kengashiga “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi.
Unda mahallani elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformator hududni suv bilan ta’minlovchi ariq yonida joylashgani va ariq kengaytirilishi sababli transformatorni boshqa xavfsizroq joyga ko‘chirish zarurati aytilgan.
Deputatlarimiz tomonidan yuborilgan so‘rov natijasida mas’ul tashkilot transformatorni ko‘chirib berishini ma’lum qilgan.
Tuman kengashimiz deputatlari Ch.Yusupov hamda A.Toshpo‘latovlar tuman “Elektr tarmoqlari aksiyadorlik” jamiyati tomonidan transformatorning ko‘chirilish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.