Deputatlarimiz aholi murojaatiga yechim topishga va’da berishdi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashidagi deputatimiz B.G‘afforov hamda xalq deputatlari Termiz tuman Kengashidagi deputatimiz G.Shafoatovalar “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mahalla ahlining ma’lum qilishicha, “At-Termiziy” ko‘chasidagi drenaj uzoq vaqtdan beri tozalanmagani sababli hududdagi tuproqning sho‘rlanish darajasi oshib ketgan. Natijada daraxtlar va ekinlarning nobud bo‘lish holatlari ko‘payib, ko‘p qavatli uylarning devor qismida ham sho‘rlash boshlangan.
Deputatlarimiz mavjud vaziyatni ko‘zdan kechirib, holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborib murojaatni ijobiy hal etishga va’da berishdi.