Yoshlarning siyosiy bilimini oshirishga qaratilgan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi

 

Partiyamiz Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Samarqand filiali hamkorligida yoshlarning iste’dod va intellektual qobiliyatlarini yanada oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

2 bosqichdagi o‘yin Konstitutsiya va qonunchilik asoslari, parlament va mahalliy Kengashlar faoliyati, davlat islohotlari va ijtimoiy siyosat, siyosiy atamalar va tarixiy voqeliklar, shuningdek, mantiqiy va tahliliy savollar asosida bo‘lib o‘tdi.

Bunday intellektual turnirlar yoshlarning siyosiy tafakkurini rivojlantirib, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan yetuk kadrlar sifatida kamol topishiga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish