Toshkentdagi onkologik holat o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi deputatlarimizdan iborat ishchi guruh Toshkent shahrida onkologiya sohasini rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tahliliy o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

Deputatlarimiz bu safar Shayxontohur tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar jarayonida aholining, xususan ayollarning mammografik skrining bilan qamrab olinishi darajasi, erta tashxis qo‘yish tizimining samaradorligi, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha olib borilayotgan sanitariya-ma’rifiy ishlar alohida e’tiborda bo‘ldi.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish