Deputatimiz yo‘l muammosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi

 

Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari, partiyaning viloyat kengashi raisi Baxtiyor Tashev Karmana tumanining Bog‘ishamol mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari asosida joylarda o‘rganish olib bordi. O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Suhbat davomida Temiryo‘l ko‘chasining 2700 metr masofadagi qismi asfalt qilinmagani, bu holat esa aholi qatnovi, ayniqsa yomg‘irli mavsumda jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi hamda masala nazoratga olindi. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish masalasi deputatning doimiy e’tiborida bo‘lishi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish