Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlarimiz O.Iminov va A.Nurmatov Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Deputatlarimiz hududdagi mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirishdi.
A.Nurmatov va O.Iminov mahalla hududida qurilib, yaqinda foydalanishga topshirilgan tibbiyot punktida bo‘lib, shifokorlar bilan suhbatlashdilar. Hamshiralar tibbiyot punkti qurilgani odamlarga katta qulaylik yaratganidan xursandliklari, lekin qo‘shimcha shifokor va hamshira shtatiga zarurat borligini ma’lum qilishdi.
Deputatlarimiz mutasaddilar bilan bog‘lanib masalaga ijobiy yechim topishga kelishib olishdi.
Shuningdek, deputatlarimiz D.Mamadjanova va Sh.Axmedovlar Qo‘qon shahrida barpo yetilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lishdi.
Fraksiyamiz a’zolari mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilma hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Mas’ullar ham olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.
Deputatlar qurilish jarayonlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z muddatida amalga oshirilishi muhimligini ta’kidlab, bu borada tegishli tavsiya va takliflarini bildirdilar.