Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi deputatimiz P.Razzakova va partiyamiz faoli A.Urazova va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Beruniy tumani bo‘limi vakillari bilan birgalikda tumandagi “Yorug‘ kunlar” imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish markazida bo‘lib, u yerdagi bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Tug‘ma nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 2025-yilning oktabr oyida tashkil etilgan bu maskanda bugungi kunda bolajonlar uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lishdi.
Muassasadagi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani sababli ota-onalar o‘z farzandlarini bexavotir, tarbiyachilarga ishonib topshirib ketishiga asos bo‘layotganini ta’kidlashgan.