Namangan tumanida partiya guruhi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Namangan tumanida partiya guruhi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

 

Namangan tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashni manzilli hamda tizimli tashkil etish asosiy vazifa etib belgilandi.

Majlisda deputatlik guruhi rahbari Umidjon Soliev 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yilda partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik guruhi tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, 2025-yilga mo‘ljallangan Amaliy harakat dasturi doirasida 3 ta masala muhokama qilinib, partiya elektorati manfaatlariga daxldor 10 dan ortiq masala deputatlik guruhi tashabbusi bilan ko‘rib chiqilgan.

Mazkur masalalar tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida muhokama etilib, belgilangan tartibda sessiya kun tartibiga kiritilgan. Shuningdek, yil davomida 8 marotaba mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilib, elektorat manfaatlariga oid masalalar ko‘tarilgan va ijrosi nazoratga olingan.

Deputatlik guruhi a’zolari tomonidan hududlarda 20 dan ortiq saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, faoliyat yuzasidan hisobotlar berilgan. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 38 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan. O‘rganish va tahlillar asosida mamlakatimiz qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan 8 ta taklif ishlab chiqilgan.

Majlisda 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni isloh qilish yili”da deputatlik guruhining yillik ish rejasi tasdiqlandi. Unda deputatlik qabullarini tizimli tashkil etish, aholini qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish, deputatlik so‘rovi institutidan samarali foydalanish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, partiya saflarini kengaytirish hamda hududiy dasturlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ehtiyojmand aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi ustidan nazoratni kuchaytirishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish