O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi joriy yilda hududiy tashkilotlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni samarali hal etish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan.
Shu yo‘lda partiya xodimlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun yil boshidan o‘quv-seminarlar o‘tkazish reja qilingan.
Reja doirasida birinchi o‘quv-seminar o‘tkazildi. A’zolar bilan ishlash, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Har bir mas’ul xodim o‘z ustida ishlashi, faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi kerakligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Bunday siyosiy o‘quvlar partiya tizimida izchil davom ettirilib, joylarda O‘zXDPning jamiyatdagi ta’sirini kuchaytirish, aholi manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.