Deputat aholi murojaatiga ijobiy yechim topdi

 

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi partiyamiz deputati B.Allabergenovga shaharning Ashxobod mahallasi aholisidan murojaat kelib tushdi.

Unda aytilishicha, mahalla hududida zax suvlari to‘planadigan anhorning holati fuqarolarni tashvishga solgan. Sababi yog‘ingarchilik mavsumida u yerda suvning to‘planib qolishi nafaqat atrof-muhitning sanitariya holatining yomonlashuviga balki, yosh bolalar uchun xavfli hududga aylanib qolgan.

Shuning uchun aholi mazkur ariqni qazish va tozalash ishlarida deputatdan amaliy yordam so‘ragan.

Fuqarolarning murojaatlarini inobatga olgan holda, deputat tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib hamkorlikda muammoni bartaraf etdi. Natijada zaxkash tozalanib, qazish ishlari olib borildi va suvning erkin oqib ketishi uchun zarur sharoit yaratildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish