O‘zbekiston XDP Uzun tuman Kengashi deputati Sh. Rahmonov tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari — qonun himoyasida” loyihasi doirasida tumandagi “Qarashiq” mahallasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatga moslashishi, ta’lim olishi hamda mehnat qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, zo‘ravonlikning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan yangi mexanizmlar muhokama qilindi.
Muloqot davomida xotin-qizlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, jamiyatdagi o‘rni va faolligini kuchaytirish, qonunchilikda belgilangan huquqlarini amalda ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.