Aholi murojaati deputat e’tiborida: muammolar bartaraf etildi
Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi deputati Munavvar Hojiyeva bir guruh saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosari F.Nurillayev tashabbusi bilan tuman Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika qoshidagi Oilaviy poliklinika faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Xususan, muassasada issiqlik ta’minoti yaxshilandi, yangi choyshablar bilan ta’minlandi hamda konditsioner o‘rnatildi. Natijada fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilib, tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilandi.