“Konstitutsiya va davlat tili” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda muhim takliflar bildirildi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida “Konstitutsiya va davlat tili” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, vazirlik va mutasaddi idoralar vakillari, jamoatchilik faollari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar yangilangan Konstitutsiyamizning o‘zbek davlatchilik tarixida yangi davrni ochib berayotgani, davlat tilining ahamiyati, uning tarixiy ildizlari, o‘zbek tilining mavqeini oshirish, uning mukammalligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda oldinda ko‘zlangan maqsadlar xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Muloqot ochiq va xilma-xil fikrlarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi davlat tilini yanada rivojlantirish, uning jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlab borish masalasida mas’ul vazirlik hamda davlat idoralari bilan doimiy hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish