Deputat tashabbusi bilan 135 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi
Partiyamiz Bekobod tuman kengashi deputati I.Qodirova "O‘rikzor" mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlarini tingladi. Fuqarolarning ma’lum qilishicha, mahalladagi 135 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.
Deputat masalani joyiga chiqib o‘rganganida o‘sha 135 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun bor yo‘g‘i 200 metr polietilen quvur hamda texnika kerakligi aniqlandi. Xalq vakili muammoni hal qilish uchun tuman hokimi o‘rinbosari U.Haqqulov hamda suv-oqava korxonasi bilan bog‘landi.
Natijada mutasaddilarning yordami va homiylarning ko‘magi bilan xonadonlarga toza ichimlik suvi tortish ishlari boshlab yuborildi.