Ellikqal’ada “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

 

Partiyamiz Ellikqal’a tuman kengashi tomonidan “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov qatnashchilari aholi murojaatlarini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik kabi shartlar asosida bellashishdi.

Baholash natijasiga ko‘ra, 13-“Jetkinshek” saylov okrugidan saylangan deputat R.Allabergenov birinchi o‘rinni egalladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Sh.Xodjiyev, A.Baynazarov esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish