Shumanayning eng faol deputati aniqlandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan har yili mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini rag‘batlantirish, ulardagi ishchanlik va fidoyilik kayfiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib keladi.

Ayni damda hududlarda tanlovning tuman bosqichlari nihoyasiga yetmoqda. Jumladan, partiyamiz Shumanay tuman kengashida ham eng faol deputat aniqlandi.

Bunday ko‘rik-tanlovlar mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari samaradorligini oshirish, partiyaning saylovoldi dastur ijrosini ta’minlashda barcha deputatlik korpusi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tanlovda deputatlar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, Qallibek Seytjanov 1-o‘rinni egalladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish