Mahalliy kengashlar faoliyati yanada tizimli bo‘ladi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, viloyatning barcha tuman va shahar kengashlaridagi deputatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — deputatlarning amaliy faolligini oshirish orqali hududlarda yechimini kutayotgan ijtimoiy muammolarga tezkor yechim topishdir.

Uchrashuvlar ochiq va jonli ruhda o‘tdi. Muloqotlarda joylardagi aholi murojaatlari, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal muammolar, bandlik, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Deputatlarning ma’lum qilishicha, aholidan juda ko‘p murojaatlar kelib tushadi. Lekin ularning ijrosini ta’minlashda muammolar yetarlicha. Chunki ayrim tashkilotlar hali ham deputatlik so‘rovlariga umumiy, mavhum yoki kechiktirilgan javob berish bilan cheklanayotgani ta’kidlandi.

Mas’ullarimiz bunday holatlarni kamaytirish maqsadida har bir so‘rovning natijadorligini oshirish uchun deputatlik guruhlari faoliyatini yanada tizimli yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish