Joriy yilning 5–6-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif doirasida Vashington shahrida «C5+1» formatidagi sammit bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sammitda davlatimiz rahbari bir qator tashabbuslarni ilgari surdilar. Jumladan, «C5+1» doimiy qarorgohini tashkil etish, investitsiya va savdo bo‘yicha vazirlik darajasidagi muvofiqlashtiruvchi kengashni shakllantirish, mintaqaviy investitsiya jamg‘armasi ta’sis qilish va Markaziy Osiyoni AQSH bilan hamda Yevropa va Janubiy Kavkaz orqali xalqaro tarmoqlar bilan bog‘lashga qaratilgan transport, energetika, mineral resurslar sohasidagi loyihalarni faollashtirish muhim takliflardan bo‘ldi.
O‘zbekiston uchun amerikalik investorlar bilan keng miqyosda hamkorlik qilish imkoni yaratiladi — transport, energiya, agrotexnologiya, mineral resurslar sohalarida. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga olg‘a yurish imkonini beradi.
Markaziy Osiyoda mineral resurslar, ayniqsa, muhim «kritik minerallar» mavjud. Bu sohadagi loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar mintaqani global ta’minot zanjirlarida muhim o‘ringa qo‘yishi mumkin.
Markaziy Osiyoni Yevropa va tashqi bozorlar bilan bog‘laydigan transport koridorlari va logistika loyihalari mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishi mumkin. Bu O‘zbekistonni tranzit mamlakat sifatida himoyalaydi.
Prezidentimiz tomonidan taklif qilingan «doimiy kengash», «investitsiya jamg‘armasi» kabi mexanizmlar yo‘lga qo‘yilsa, bu format doimiy hamkorlikka aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi va «C5+1» formatidagi sammitda ishtiroki O‘zbekiston tashqi siyosatining yana bir muhim bosqichidir.
Shokirjon Ahmedov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.