Murojaatdan so‘ng ko‘cha asfaltlandi
Partiyamiz Qiziriq tuman Kengashi deputatlari K.Muhammadiyev hamda N.Alimov tumandagi “Shodlik” mahallasida o‘rganish olib borgan vaqtda hududdagi Taraqqiyot ko‘chasining ta’mirga muhtojligi, unda aholining kuz-qish mavsumida harakatlanishi uchun muammolar yuzaga kelishi aniqlangan edi.
Deputatlarimiz mazkur masalaga yechim topish maqsadida mas’ul idoralar bilan bog‘lanib, hamkorlikda ko‘chaga asfalt qoplamasini yotqizish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi. Natijada hozirda ko‘chani asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Hududda yashovchi aholi vakillari deputatlar va mas’ullarga xayrli ishlari uchun minnatdorlik bildirishdi.