Piskent tumanidagi tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

 

Partiyamiz Piskent tumani kengashi deputati D.Komilova hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati qay darajada ekanligini bilish maqsadida tuman Ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘rganish olib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, poliklinikada 63 nafar shifokor, 178 nafar hamshiralar faoliyat olib boradi. Mas’ullarning aytishicha, muassasa 16 ta mahallada yashovchi jami 42258 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatib, ularning kasallik turiga qarab dori-darmonlar ajratilib hamshiralar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Ro‘yxatga olingan bemorlar bilan suhbatlashilganda bugungi kunda ularga 70-80 foiz dori-darmonlar bepul yetkazib berilayotgani qayd etildi.

O‘rganish davomida poliklinikaning dori-darmon saqlanadigan ombori ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, dori-darmon omborxonasiga zamonaviy sovitkich kerak. Deputatimiz mazkur masalada mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib ijobiy yechim topishini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish