Partiyamiz Baxmal tuman kengashida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovdan mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini rag‘batlantirish, ulardagi ishchanlik va fidoyilik kayfiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Bellashuvda dastlab ishtirokchilar o‘zlari saylagan hududda amalga oshirayotgan ishlari, xususan, partiya dasturiy maqsadlarida belgilangan ustuvor vazifalarni qay darajada bajarayotgani haqida atroflicha ma’lumot berishadi. Keyin amalga oshirishni reja qilgan ishlari haqida taqdimot o‘tkazishdi. Shuningdek, tanlov doirasida ishtirokchilarning siyosiy bilim va ko‘nikmalari tezkor savol-javoblarda sinaladi.
Tanlov natijalarga ko‘ra, tumanning eng faol deputati A.Zikiryayev tan olinib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.