O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 34 yilligi Jizzaxda bayramona nishonlandi
        
Tadbirda partiyaning 34 yillik faoliyat yo‘li eslanib, yurtimizda ijtimoiy adolat, tenglik va inson manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi. So‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston taraqqiyotida partiyaning o‘rni, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnatkashlar manfaatlarini ifodalashdagi hissasi haqida fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida partiyaning rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoyilar “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni, bilan taqdirlandi. Bu e’tiroflar partiya saflarida fidokorlik bilan mehnat qilayotgan insonlarga bo‘lgan ehtirom va e’tibor ifodasiga aylandi.