O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashida partiyaning 34 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zXDP Surxondaryo viloyat kengashida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda partiya viloyat kengashi mas’ul xodimlari, viloyat deputatlari, tuman va shahar partiya kengashlari raislari, partiya faxriylari, faollar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida partiya faoliyati, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Partiya tashkil topgan kun munosabati bilan bir guruh fidoyi partiya faollari “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.