Tibbiyot sohadagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi

 

Partiyamiz Xorazm viloyati kengashi tomonidan “Tibbiy xizmat sifatini oshirish va sohani raqamlashtirish masalalarini tanqidiy tahliliy o‘rganish” mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda partiya faollari, deputatlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, mas’ul idoralar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot tizimida mavjud muammolar, xususan, korrupsiya holatlarining oldini olish, sohani raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir davomida partiya faollari, deputatlar, jamoatchilik vakillari tomonidan sohani isloh qilishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar bildirildi. Mas’ullar ham bildirilgan taklif va tashabbuslarga o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

So‘l qanot bo‘lgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi har doim aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va sohada shaffoflik bo‘lishi tarafdori bo‘lib kelgan. Shu boisdan, yakunda bildirilgan takliflar asosida Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz qonunchilik tashabbuslari ishlab chiqishi, ularning amalga oshishi uchun zarur choralar ko‘rilishi haqida ma’lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish