Yoshlardan taklif va tashabbuslar olindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida madaniy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya faollari, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdilar. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va siyosiy jarayonlarda yanada faol bo‘lish masalalarida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yoshlarni milliy g‘oya va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga sadoqatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi batafsil tushuntirilib, undagi yoshlar uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar, imkoniyatlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar partiya vakillari tomonidan e’tiborga olinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ishlash rejalashtirildi. Yakunda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga qo‘shilish istagini bildirgan 20 nafar faol talaba partiyamiz safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish