Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati Ixtiyor Suyunov jamoatchilik nazorati doirasida Manas mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Deputat tibbiyot muassasasining isitish tizimlari, elektr ta’minoti, dori vositalari zaxirasi va xodimlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. U mavjud muammolar, jumladan, binoning ayrim qismlarida ta’mirlashga ehtiyoj borligini qayd etib, bu masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.
Shuningdek, deputat bu kabi jamoatchilik nazorati tadbirlari aholining ijtimoiy muassasalarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va mavsumiy muammolarni oldindan bartaraf etish uchun muhimligini ta’kidladi.
Mazkur tashabbus mahallalarda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini kuchaytirishga, aholining farovonligini ta’minlashga qaratilgan amaliy qadam sifatida baholandi.