Jizzaxda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yoshlarda siyosiy bilim va dunyoqarashni kengaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, faol hamda intiluvchan yoshlarni partiya safiga jalb etish maqsad qilingan.

Turnirda ta’lim muassasalarining faol, bilimdon talabalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar jamoaviy shaklda siyosatga oid tarixiy faktlar, O‘zbekistondagi siyosiy islohotlari, xalqaro siyosiy jarayonlar hamda konstitutsiyaviy bilimlarga oid savollarga javob berishdi.

Tadbir yoshlarda siyosiy faollikni oshirish, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish