Savganlik xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan

 

Yangiariq tuman Kengashidagi deputatimiz B.Qo‘chqorova “Savgan” mahallasida tashkil etilgan Kasbga o‘rgatish markazida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.

Hozirgi kunda mahallada 5556 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2787 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Yil boshida mahalladagi ayollarning 103 nafari ishsiz edi.

Kasbga o‘rgatish markazida hududdagi xotin-qizlar kasb o‘rganishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Deputat markazning tikuvchilik yo‘nalishini tamomlagan 20 nafar xotin- qizlarga sertifikat topshirdi.

Hozirgi kunga kelib mahallada ishlash istagini bildirgan ayollarining barchasi ish bilan ta’minlangan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish