
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati I.Qurbonov Nishon tumanidagi “Shirinobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llarning ta’mir talab ekanligi, yaqinlashayotgan kuz-qish mavsumida mahallaning ichki yo‘llarida nafaqat piyodalar, balki, transport vositalari harakatida ham muammolar kuzatilishi aytildi.
Deputatimiz yo‘llarni borib ko‘rdi va darhol mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib masalaga yechim topdi. Natijada qabuldan so‘ng mahalladagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida deputatlar tashabbusi bilan kuz-qish mavsumi oldidan aholi uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash va murojaatlarni amaliy hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.