Tuproqqal’a “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi tashkil etildi

 

Xalq demokratik partiyasi Tuproqqal’a tuman kengashi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, xotin-qizlar, bolalar va nuroniylar bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruvga kelganlarning aksariyati yosh bolali ayollar edi. Ularga shifokor G.Botirova bolalar parvarishi, ularda kuzatiladigan patologik holatlar va kasalliklarning erta oldini olish borasida muhim tavsiyalarini berib o‘tdi.

Sog‘ligida muammo aniqlangan bemorlarga tegishli yordamlar ko‘rsatilib, kelganlarga bepul tibbiy yordamning ahamiyati haqida tushuntirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish