Ishchi guruh Oltinsoydagi ijtimoiy soha obyektlarida muammolar aniqladi

 

Bugun ishchi guruh vakillari Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib bordi. 56-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lishdi. O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, muassasada UZI apparati mavjud, lekin uni ishlatadigan mutaxassis yetishmaydi.

Shuningdek, tumandagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi yetishmasligi, bolalar maydonchasi gazonlashtirilmagani, 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida esa sport zali yo‘qligi aniqlandi.

Ishchi guruh vakillari aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun takliflar shakllantirmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish