Chinozda Deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Chinoz tuman Kengashidagi deputatlarimiz “Madaniyat” mahallasida bo‘lib, hududdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputatlar yoshlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini, mavjud muammo hamda kamchilliklar haqida suhbatlashishdi. Tadbirda qatnashgan yoshlar yetakchilari faoliyatlari va kelgusida amalga oshiriladigan rejalari haqida ma’lum qilishdi.
Ushbu tadbir yoshlar va deputatlar o‘rtasida samarali hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan.