Ohangaronda Salomatlik aksiyasi o‘tkazildi
Partiyamiz Ohangaron tuman Kengashi tashabbusi bilan "Quyun", "Yangiobod", "Qiziloy" mahallalaridagi 187 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida, 15 nafar nogironligi bor fuqarolarga bepul dori- darmonlar berildi. Shuningdek, 14 yoshli bolada onkologik kasallik aniqlangani sababli Bolalar onkologiyasiga yo‘llanma berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga bepul davolanish uchun order olishda amaliy yordam berildi.
Shifokorlar fuqarolarga me’yori cheklangan, iste’moli zararli hamda me’yorida foydali mahsulotlar iste’moli bo‘yicha zarur maslahatlar, zararli odatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha keng tushunchalar berdi.