Yoshlarda kreativlik va jamoaviy ishlash yuqori darajada

 

Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Yoshlarning siyosiy bilim va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur tadbir faol va bilimdon yoshlarga rag‘bat berish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada Arxitektura va qurilish texnikumi talabalari hamda hududdagi faol yoshlar ishtirok etdilar. Zakovat o‘yini jonli va qiziqarli ruhda o‘tdi. Tadbir davomida yoshlarda jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash hamda kreativlik yuqori darajada ekanligi sezilib turdi.

G‘olib jamoalarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish