
Bo‘stonliq tumani Kengashidagi deputatlik guruhimiz fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, kuchli shamol ta’sirida “Barraj” mahallasining Furqat ko‘chasida joylashgan 4 qavatli uy-joyning tomiga katta zarar yetgan. Bundan tashqari, tuman markaziy poliklinikasiga olib boruvchi yo‘l yoqasiga 620 m uzunlikda piyodalar yo‘lagi qurishga zarurat borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, deputatlik guruhimiz mazkur masalalar yuzasidan tuman Kengashi sessiyasiga taklif kiritdi. Natijada, deputatlik guruhimiz tashabbusi bilan tuman mahalliy budjeti hisobidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun 932 million so‘m ajratildi.
Ajratilgan mablag‘ning 232 millioni ko‘p qavatli uyning tom qismini ta’mirlashga, yana 700 millioni piyodalar uchun yo‘lak qurishga sarflanishi belgilandi.