Deputat tashabbusi bilan 4300 metr yo‘lga shag‘al yotqizildi

Saylovchilardan kelib tushgan murojaat asosida Baxmal tumani Kengashidagi deputatimiz B.Omonov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ko‘magida Do‘stlik MFY Sadarayxon ko‘chasining 4300 metr uzunlikdagi tuproqli qismiga to‘liq shag‘al yotqizildi.
Bunday xayrli ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.