Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, Bog‘ot tuman Kengashidagi deputatimiz I.Yusupov viloyat hokimi o‘rinbosari B.Saidov hamda tuman hokimi J.Nazarovlar birgalikda “Tozabozor” mahallasida bo‘lib, hudud aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etishdi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan moddiy yordam va ishga joylashtirish masalasida bildirilgan murojaatlarga darhol yechim topilgan bo‘lsa, uy-joy ta’miri, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar mas’ul idoralarga yo‘naltirildi.